Bilimlar bazasi
Narxlar ro‘yxati, katalog, menyu — Word, Excel, PDF fayl yoki sayt sahifasini yuborasiz, bot o‘qib oladi.
Narxlar, menyu, manzil va shartlaringizni yuklaysiz — bot mijozlar savollariga darhol, xuddi eng yaxshi xodimingizdek javob beradi. Bilmagan savolini sizga yuboradi va o‘rganib oladi.
Narxlar ro‘yxati, katalog, menyu — Word, Excel, PDF fayl yoki sayt sahifasini yuborasiz, bot o‘qib oladi.
Buyurtma yoki yozilish uchun ism, telefon va kerakli tafsilotlarni so‘rab oladi — ariza darhol sizga keladi.
Mijoz odam so‘rasa yoki shikoyat qilsa — suhbat sizga o‘tadi. Javobingiz bot orqali mijozga boradi.
Javobi topilmagan savollar sizga keladi. Bir marta javob yozasiz — keyingi safar bot o‘zi javob beradi.
Mijoz mahsulot rasmi yoki skrinshot yuborsa, bot ko‘rib, tushunib javob beradi.
Statistika, arizalarni Excel’ga yuklash, adminlar, operator guruhi — hammasi Telegram ichidagi panelda.
@BotFather ga yozing → /newbot → botga nom bering. U sizga token beradi (masalan 1234567890:AAH…).
Biznes nomi va tokenni kiriting. To‘lov Payme orqali.
Bot ishga tushadi. Holat sahifasidagi havola orqali botning egasi bo‘lasiz va /panel’da ma’lumotlaringizni yuklaysiz.
Narx va AI javoblari tarifi ishga tushirilganda e’lon qilinadi.
Token xavfsiz: u faqat botingizni ishga tushirish uchun ishlatiladi va bot tayyor bo‘lgach saytdan o‘chiriladi.
Javob topmadingizmi? Telegramda yozing — tez javob beraman.
@aiqsi ga yozishBot faqat siz kiritgan ma’lumotlar asosida javob beradi. Javobini bilmasa, «aniqlab beraman» deydi va savolni sizga yuboradi — siz javob yozsangiz, u bilimlar bazasiga qo‘shiladi.
Mijozlar savol beradigan har qanday biznesga: kafe va restoran, do‘kon, klinika, o‘quv markaz, go‘zallik saloni, avtoservis, ko‘chmas mulk, turizm.
Botda /panel → «Biznes ma’lumotlari» va «Bilimlar bazasi». Matn yozasiz yoki Word, Excel, PDF fayl, sayt havolasini yuborasiz.
Telegram Premium’dagi imkoniyat: botni shaxsiy akkauntingizga ulaysiz va u sizga yozgan mijozlarga sizning nomingizdan javob beradi. O‘zingiz yozsangiz, bot o‘sha chatda jim turadi.
Telegramda @BotFather ga yozing, /newbot buyrug‘ini bering, botga nom va username tanlang. BotFather sizga uzun kod beradi — o‘sha token. Uni hech kimga bermang, faqat buyurtma formasiga kiriting.
To‘lovdan keyin odatda 5 daqiqadan kam. Holatni to‘lovdan keyin ochiladigan sahifada kuzatasiz.
Botni tanlang, tokenni kiriting va to‘lang — qolganini tizim o‘zi qiladi.