Menyu va savat
Rasmli taomlar, bo‘limlar, qidiruv, chegirma belgilari. Mijoz Telegramdan chiqmasdan buyurtma beradi.
Mijozlar Telegram ichida menyuni ko‘radi, savatga soladi va buyurtma beradi. Buyurtma guruhingizga keladi — telefonga javob berish shart emas.


Rasmli taomlar, bo‘limlar, qidiruv, chegirma belgilari. Mijoz Telegramdan chiqmasdan buyurtma beradi.
Mijoz xaritada manzilni belgilaydi — masofa va narx o‘zi hisoblanadi. Olib ketish ham bor.
Har yangi buyurtma guruhga «Qabul qilish», «Tayyor», «Yo‘lda» tugmalari bilan keladi. Mijozga holat o‘zi boradi.
Menyu, narx, rasm, ish vaqti, yetkazish zonalari — hammasini brauzerdan o‘zgartirasiz.
Chegirma kodlari, doimiy mijozlarga coin, bannerlar va mijozlarga ommaviy xabar.
Bugungi savdo, eng ko‘p sotilgan taomlar, band soatlar va har kuni avtomatik hisobot.
@BotFather ga yozing → /newbot → botga nom bering. U sizga token beradi (masalan 1234567890:AAH…).
Restoran nomi, telefoni va tokenni kiriting. To‘lov Payme orqali.
Taxminan 5 daqiqada bot ishga tushadi. Holat sahifasida admin panel manzili va parolingiz chiqadi.
Bir martalik to‘lov. Oylik to‘lov yo‘q.
Token xavfsiz: u faqat botingizni ishga tushirish uchun ishlatiladi va bot tayyor bo‘lgach saytdan o‘chiriladi.
Javob topmadingizmi? Telegramda yozing — tez javob beraman.
@aiqsi ga yozishHa. Admin panelda taom qo‘shish, narx va rasmni almashtirish, sotuvdan olish — hammasi bir necha bosishda. Boshida namunaviy menyu turadi, uni o‘zingiznikiga almashtirasiz.
Admin panelda ko‘rinadi va ovoz bilan xabar beradi. Botni Telegram guruhingizga qo‘shib, guruhda admin paneldagi /ulash kodini yozsangiz — buyurtmalar guruhga ham keladi.
Naqd yoki kuryerga karta orqali — darhol ishlaydi. Onlayn to‘lov (Payme) uchun sizning nomingizga kassa ochiladi; ulashda yordam beraman.
Telegramda @BotFather ga yozing, /newbot buyrug‘ini bering, botga nom va username tanlang. BotFather sizga uzun kod beradi — o‘sha token. Uni hech kimga bermang, faqat buyurtma formasiga kiriting.
To‘lovdan keyin odatda 5 daqiqadan kam. Holatni to‘lovdan keyin ochiladigan sahifada kuzatasiz.
Botni tanlang, tokenni kiriting va to‘lang — qolganini tizim o‘zi qiladi.